ValensiyaIspaniya sharqidagi shahar. Valensiya tarixiy viloyati va provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 753 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turiya daryosining Oʻrta dengizga quyilish joyidagi port. Xalqaro aeroport bor. Temir yoʻl tuguni. Sanoati asosan k,, x. mahsulotlarini qayta ishlash va chetga chiqarish bilan bogʻlangan. Mashinasozlik, kemasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. V.da arab va ispanlarning oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: sobor (13—14-asrlar), Aguas saroyi (barokko uslubida. 18-asr) va b. Shaharda sanʼat, keramika muzeylari, botanika bogʻi va universitet (16-asr) bor. V.ga mil. av. 2-asrda asos solingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil