Vanxon toʻgʻril (12-13-asrlar) -hoz. Moʻgʻuliston, Yettisuv va Oltoy oʻlkasida hukmronlik qilgan kerey (kerait) qabilasi rahbari. Markaziy Osiyoning koʻpchilik qabilalari, shu jumladan moʻgʻullar ham V. T. qoʻl ostida boʻlgan. Shu paytlarda Markaziy Osiyoda oʻzaro ichki qabilalararo va qoʻshni davlatlar bilan mojarolar yuz berayotgan edi. Ayniqsa kerait va nay-manlar orasidagi ziddiyat kuchli edi. Moʻgʻullar naymanlarni qoʻllab-quvvatlashgan. V. T. bir oz vaqt Chingizxon bilan ittifoq tuzib, birga jang qilgan, lekin keraitlar va moʻgʻullar oʻrtasida bir-birlariga nisbatan dushmanlik tugilgan. Bunda naymanlar rahba-ri Tayonxon (V. T.ga ona tomondan qarindosh) moʻgʻullarga yordamlashgan. Nekunuysin mavzeida boʻlgan jangda V. T. oʻldirilib, kallasi Tayonxonga joʻnatilgan. V. T. avlodlari 13-asr boshlarida nayman va b. qabilalar bilan birga asosan Qozogʻiston yerlariga oʻrnashib, mahalliy turkiy xalqlar tarkibiga kirgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil