Vaqfnoma — mulk egalari oʻz mol-mulklarini diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun berganligi toʻgʻrisidagi hujjat. V.da mulkning vaqfga oʻtkazilishi sababi, mulk egasining nomi, vaqf mulkidan foydalanish tartibi, vaqf qilingan mulkning boshqaruvchisi, guvohlar koʻrsatiladi. V.ga guvohlar shahodati va qozi tasdigʻi kerak boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil