Vasiliy Vladimirovich Bikov (19-iyun 1924, Vitebsk viloyati – 22-iyun 2003) — Belorus xalq yozuvchisi (1980). "Turnalar nidosi" (1960), "Uchinchi raketa" (1962), "Alp qissasi" (1964), "Uliklar ogʻriqni bilmaydi" (1966), "Tonggacha omon boʻlsak" (1973) povestlari Belorussiyadagi partizanlar harakati va urushga bagʻishlangan. Bularda oʻsha davr kishilarining qismati aks etgan. Bikov "Baxtsizlik alomati" (1982), "Karyer" (1986), "Tumanda" (1987) asarlarida yakkalanib qolganlar takdirining fojiaviyligi toʻgʻrisidagi mushohadalarini davom ettiradi va ularga tarixiylik nuqtai nazaridan yanada kengroq koʻlamda nazar tashlaydi.[1]

Bikov Vasiliy Vladimirovich (1944)

Manbalar tahrir

  1. "Bikov Vasiliy Vladimirovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil