Vasiliy Vasilyevich (Fridrix Vilgelm) Radlov (1837.5.1, Berlin — 1918.12.5, Petrograd) — rus sharqshunosi, turkiyshunosi, etnograf va tarjimon.

Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi (1884), falsafa fanlari doktori (1858). Berlin universitetini tugatgan (1858). Peterburg Fanlar akademiyasi Osiyo muzeyi (1885—90), Antropologiya va etnografiya muzeyi direktori (18941918). 1858-yildan umrining oxirigacha Rossiyada yashagan R.ning hayoti va ilmiy faoliyati shartli ravishda 3 davrga boʻlinadi: Oltoy davri (1859-71)da R. Oltoy va Gʻarbiy Sibirdagi turkiy xalqlar tillarini oʻrgangan, bu xalqlarning tillari, folklori, etnografiyasi va arxeologiyasiga oid materiallar toʻplab, ularni dastlabki ishlovdan oʻtkazgan. Qozon davri (1871—84)da uning turkiy tillar fonetikasiga bagʻishlangan yirik asari — "Shimoliy turkiy tillarning chogʻishtirma grammatikasi. lqism. Fonetika" Leypsigda nemis tilidachop etilgan (1882—83). Peterburg — Petrograd davri (1884—1918)da R. nomini jahonga tanitgan 4 j.li 24 kitobchadan iborat "Turkiy lahjalar lugʻati tajribasi" ("Opit slovarya tyurkskix narechiy") dunyoga keldi. Ushbu fundamental asar 40 dan ortiq turkiy tilda uchraydigan 70 ming lugʻaviy birlikni qamrab olgan.

R. 1860—70 yillardagi Oltoy, Sibir, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo ekspeditsiyalarining ishtirokchisi, 1891-yildagi Urxun ekspeditsiyasining rahbari, 1898-yildagi Turfon ekspeditsiyasining tashkilotchisi boʻlgan, birinchilardan boʻlib turkiy urxun-enasoy yozuvini oʻqigan; 11-asr yozma yodgorligi boʻlmish "Qutadgʻu bilig"ning Vena kutubxonasidagi uygʻur yozuvli nusxasining faksimilesini va nemischa tarjimasini nashr etish bilan (1891—1910) ushbu asarni oʻrganishga asos solgan.

R. oʻzining 60 yillik ilmiy faoliyati davomida oʻz ilmiy qiziqishlari doirasiga asta-sekin turkiyshunoslikning barcha sohalarini qamrab olgan va mazkur sohalarda rus va nemis tillarida yaratgan ishlari bilan turkiyshunoslikning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

Manbalar tahrir

  • Obrazsi narodnoy literaturi tyurkskix plemen, jivushix v Yujnoy Sibiri i Dzungarskoy stepi, ch. 1 — 10—SPb., 1866— 1907; Opit slovarya tyurkskix narechiy, tt. 1— 4SPb., 1893-1911.

Adabiyotlar tahrir

  • Kononov A. N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazikov v Rossii. Dooktyabrskiy period, L., 1972; Qoʻchqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984.