Vattlar (nem. — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi koʻtarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi koʻtarilganda oqindi choʻkaverib, V. asta-sekin koʻtarila boradi. V. yer yuzasi oʻrnini teztez oʻzgartirib turuvchi novlar va dare oʻzanlari bilan oʻyilgan. Baʼzan V. toʻgʻon bilan toʻsiladi, shundan soʻng botqoqlik qurib, unumdor yerlar (polder)ga aylanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil