Vayangon, Uyongan (Uygʻongan) b o b o — qad. shahar harobasi (mil. 14-asrlar, 914-asrlar). Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Manaq (Am-barmanoq) posyolkasidan 1,5 km jan.-sharqda joylashgan. V.ni 1949—50-yillarda Ya. Gʻ. Gʻulomov tadqiq etib shahar hayotini 2 bosqichga: kushonlar davri (1—4-asrlar) va oʻrta asrlar (9—13-asrlar)ga ajratgan. 1973—74-yillarda V.ni Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filialining Tarix, til-adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi xodimlari tekshirishgan. V. tarhi toʻrtburchak, ikki: gʻarbiy (280x360 m) va sharqiy (320x220 m) qismdan iborat. Yodgorlikda olib borilgan ishlar yakuniga koʻra, V.ning gʻarbiy qismi mil. 2—13-asr boshlarida obod boʻlgan. Ya. Gʻ. Gʻulomov V.ni oʻrta asrlardagi Ardaxushmisan sh. deb hisoblagan. V. hududida, shuningdek Abdol-bobo va shayx Jaloliddin (12—13-asr boshi) nomli kichik tepachalar, Shayx Hasan Sabroniy makbarasi (12—14-alar), Qalmoq qirilgan qabristoni (12—14-asrlar) joylashgan.

V. qalʼasi nomi „Goʻrugʻli“ dostonida ham tilga olingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Gulyamov Ya. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1975; Mambetullayev M., Kdirniyazov M. M., Gorodishe Voyengan. Arxeologiya Priaralya, vip. 1, T., 1982; Mambetullayev M., Srednevekoviy mogilnik Kalmakkirilgan. Arxeologiya Priaralya, vip. 2, T., 1984.