Carl Maria von Weber (talaffuzi: Karl Mariya fon Veber; 1786.18.11, Eytin - 1826.5.6, London) — nemis kompozitori, pianinochi, dirijyor. Nemis romantik operasi asoschisi hisoblanadi. 1804-yildan turli shaharlarda opera dirijyori boʻlib ishlagan. "Erkin mergan" (1820) operasi Yevropa musiqa teatri tarixida salmoqli oʻrin egallagan. "Oberon" ertak-romantik operasi (1826), "Turandot" (1821, K. Gotssi asari asosida) spektakliga yozgan musiqalarida Sharq xalqlari kuylaridan foydalanib, musiqiy oriyentalizmga hissa qoʻshgan. "Raqsga chorlov" pyesasi, puflama sozlar uchun konsertlari mashhurdir.

Carl Maria von Weber
Tavalludi 18-dekabr 1786[1][2], noyabr 1786[2] va 18-noyabr 1786[3]
Vafoti 5-iyun 1826[4][5][3]
Fuqaroligi Prince-Bishopric of Lübeck
Otasi Franz Anton von Weber
Onasi Genovefa von Weber

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil