Versal saroyi
Mamlakat: Versal, Fransiya
Maqomi: saroy
Rasmiy nomi: Versal Qirollik saroyi
Meʼmori: Filibert Le Roy
Eʼtirofi: 1979-yil, Yunesko
Qurilish boshlandi: 1623-yil
Qurilish tugallandi: 1660-yil
Hududi: 1,070 gektar
Bogʻ hududi: 9,467 gektar
Tashrif buyuruvchilar: 15 mln 2018
Uslubi: Borokko va klassitsizm
Versal qirol bogʻboni: Andre Lenotr
Rasmiy sayti: www.chateauversailles.fr

Versal saroyi (fr. Chateau de Versailles) — Parijdan 24 metr uzoqlikda joylashgan saroy-bogʻ majmuasi. 1995-yildan beri Fransiya Madaniyat vazirligi rahbarligida Versal saroyi, muzeyi va milliy mulki jamoat muassasasi tomonidan boshqariladigan hududga aylantirildi. Har yili Versal saroyi, bogʻi yoki bogʻlariga 15.000.000 kishi tashrif buyuradi va bu uni dunyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biriga aylantiradi.[1] Biroq, COVID-19 pandemiyasi tufayli Versalga pullik tashrif buyuruvchilar soni 2019-yildagi sakkiz milliondan 75 foizga kamaydi, 2020-yilda ikki million kishni tashkil qiladi.




Tarixi tahrir

Qirol Lyudovik XIII bu yerda uncha katta boʻlmagan qasr qurishni rejalashtiradi, yaʼni ov uchun moʻljallangan bino. 1623-yilda Versal saroyi oʻrnida oddiy ov uyi qurdi va 1631—34-yillarda uning oʻrniga kichik qasr qurdi. Uning oʻgʻli esa Lyudovik XIV — 1660-yilda [[Ver- sal]]ni ajoyib saroy-bogʻ ansambliga aylantiradi. Bu ikkala qirolning sevimli qarorgohi edi va 1682-yilda Lui XIV oʻz saroyi va poytaxtini Versalga koʻchirdi Bu holatni qirollar Lui XV va Lyudovik XVI davom ettirdilar, ular birinchi navbatda saroyning ichki qismini oʻzgartirdilar, ammo 1789-yilda qirollik oilasi va Fransiya poytaxti Parijga qaytdi. Fransuz inqilobidan keyin Versal saroyi atrofidagi shahar aholisi keskin kamaydi. 1666-yildan 1789-yilgacha doimiy qirol qarorgohi boʻlgan.

 

Napoleon Bonapart Fransiyani egallab olganidan keyin 1810-1814-yillarda Versaldan yozgi qarorgoh sifatida foydalangan. 1830-yillarga qadar saroyda mazmunli taʼmirlash amalga oshirildi. Uning ichida janubiy qanotning hududlari oʻrniga Fransiya tarixi muzeyi oʻrnatildi. Saroy va bogʻ 1979-yilda Fransiyada XVII-XVIII-asrlarda kuch, sanʼat va ilm-fan markazi sifatidagi ahamiyati uchun YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Fransiya Madaniyat vazirligi saroyni, uning bogʻlarini va uning baʼzi yordamchi tuzilmalarini madaniy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxatiga kiritdi.

 

Qurilishi tahrir

Versal nomli qishloq yaqinidagi bu joy saroy qurilgunga qadar oʻrmonli botqoqlik edi, uni Lui XIII qirollikka loyiq emas hudud deb qoniqmagan. 1631-yildan 1634-yilgacha arxitektor Filibert Le Roy Lyudovik XIII uchun bu yerda bir qasr qurdi. Lekin qirolning bu qasrda yashashiga malika Anna rozi boʻlmaydi. 1641-yilda Sen-Jermen okrugida chechak kasalligi avj olgach, Lui XIII oʻzining uch yoshli merosxoʻri, boʻlajak Lui XIV bilan Versalga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. 1643-yilda Lui XIII vafot etganida, Anna Lui XIVning regent(yosh qirol voyaga yetgunga qadar uning nomidan mamlakatni boshqarib turuvchi kishi)i boʻldi va ular yana Versalni tark etib, Parijga qaytishdi. Parijda malika Anna va uning bosh vaziri kardinal Mazarin Lui XIII ning pul islohotini davom ettirdilar. Natijada 1648-1653-yillarda qirol hokimiyatiga qarshi bir qator qoʻzgʻolonlarga olib kelsi. Qoʻzgʻolondan keyin Lyudovik XIV yolgʻiz hukmronlik qilishga qaror qildi. [2][3] Following Mazarinʼs death in 1661,[4] Otasining Versaldagi saroyini saroyga kengaytirishni buyurdi. Versal qurilishi bir necha oylar davom etgan, unga yirik mablagʻ va minglab ishchilar jalb etilgan edi. 1670-yilda Le Vau vafot etdi. Birinchi meʼmor lavozimini yetti yil davomida boʻsh qoldi.[5] Le Vau vafotidan soʻng Versaldagi ishlar uning yordamchisi, arxitektor Fransua d’Orbayga oʻtdi. 1670-yillarda yangi meʼmor eʼtiborini saroydagi ishlarning ichki qismiga qaratdi, chunki saroy qurib bitkazilayotgan edi. Orbay hovlida davlat xizmatchilari uchun bir juft pavilyon qurdi. 1670-yilda d’Orbayga Lui XIVning kuchayib borayotgan hokimiyati ramzi sifatida Versal deb ataladigan shaharni loyihalashtirish vazifasini topshirdi. Atrofida kichik shaharcha qurish uchun 1671-yilda saroy aʼzolariga yer berish boshlangan.Keyingi yili Franko-Gollandiya urushi boshlandi va Versal uchun mablagʻ 1674-yilgacha qisqartirildi.[6] Fransuz-golland urushi 1678-yilda fransuz gʻalabasi bilan tugaganidan soʻng, Lui XIV birinchi meʼmor etib Jyul Hardouin-Mansart etib tayinlandi. Lui XIVning tajribali meʼmori Versalga 1678-yildan 1681-yilgacha Koʻzgular zalini qoʻshish, Lui XIII saroyining hovli jabhasini taʼmirlash va dʼOrbay pavilonlarini kengaytirdi. 1678-79 yillarda saroyga tutashgan bir juft otxona qurildi. 1682-yildan 1684-yilgacha Mansart saroyning janubiy qismida italyan uslubidagi ikkita butunlay yangi qanotlarni qoʻshdi. 1679-yildan 1681-yilgacha shimoliy qismi ustida ishladi. Urush natijasida moliyalashtirish Versaldagi qurilishni XVII asrning qolgan qismida sekinlashtirdi. 1688-yilda boshlangan Toʻqqiz yillik urush 1698-yilga butunlay ishni toʻxtatdi. Biroq, uch yil oʻtgach, yana ham xavfliroq boʻlgan Ispaniya vorisligi urushi boshlandi. Bu Fransiyani inqirozga olib keldi. https://www.archinform.net/projekte/3834.htm Shu tariqa Lui XIV mablagʻni qisqartirdi va Mansart 1680-yillarda rejalashtirilgan hovli fasadini italyancha uslubda qayta qurish kabi baʼzi ishlarni bekor qildi. Lui XIV va Mansart eʼtiborni saroy ibodatxonasiga qaratdilar. Uning qurilishi 1699-yildan 1710-yilgacha davom etgan. Lui XIVning vorislari Lyudovik XV va Lyudovik XVI asosan Versalni ichki qismiga eʼtibor qaratdilar. Lui XV 1730-yilda shimoliy qanotdagi bal zalida joylashgan Salon d’Gerkulning tugatdi va qirolning shaxsiy xonasini kengaytirdi. Bu esa Elchilar zinapoyasini buzishni talab qildi. 1748-yilda Lui XV saroyning eng shimoliy chekkasida saroy teatri, Versal Qirollik operasi qurilishini boshladi, lekin qurilish 1770-yilgacha kechiktirildi.[7] Qurilish 1740-yillarda Avstriya taxti uchun urush va [[1756-yilda Yetti yillik urush boshlanishi bilan toʻxtatildi. Bu urushlar qirollik xazinasini boʻshatdi va keyinchalik qurilish asosan Lui XVning rafiqasi madam du Barri tomonidan moliyalashtirildi. 1771 yilda Lui XV shimoliy vazirlar qanotini qulab tushayotgani uchun oʻzining saroy meʼmori Anj-Jak Gabriel tomonidan neoklassik uslubda qayta qurdi. Bu ish ham moliyaviy cheklovlar tufayli toʻxtatildi va 1774-yilda Lui XV vafot etganida bitdi. 1784-yilda Lyudovik XVI Versal saroyini toʻliq taʼmirlashdan oldin qirol oilasini qisqa muddatga Sent-Kluga koʻchirdi, ammo moliyaviy qiyinchilik va siyosiy inqiroz tufayli qurilish boshlana olmadi. 1789-yilda fransuz inqilobi qirol oilasi va hukumatini Versaldan abadiy siqib chiqardi.[8]

 

Versal saroyi Lui XIV siyosatining koʻzgusi boʻlib, fransuz sanʼati va madaniyatining ifodasi hamda qirol hokimiyatini markazlashtirish uchun xizmat qilgan. Lyudovik XIV birinchi marta Versalda 1664, 1668 va 1674-yillarda bir qator ballar oʻtkazib, bundan oʻzini koʻz-koʻz qilish uchun foydalangan. Saroy Versalga 1682-yilga kelib koʻchdi. Ammo bu ham rasmiy ravishda emasdi, chunki Fransiya zodagonlari orasida Versal haqidagi fikrlar har xil edi. 1687-yilga kelib, Versal Fransiyaning amalda poytaxti ekanligi hammaga ayon boʻldi va Lui XIV Versalga zodagonlarni jalb qilishga muvaffaq boʻldi. Aynan Versal saroyida 1685-yilda Lyudovik XIV Genuya elchisi, 1686-yilda Ayuttaya qirolligidan, 1715-yilda Safaviylar Eronidan elchilarni qabul qildi. 1789-yilda fransuz inqilobi yillari bir necha ming erkak va ayollardan iborat olomon nonning qimmatligi va tanqisligiga norozilik bildirib, Parij bozorlaridan Versalgacha yurishdi. Ular shahar qurol-aslaha omboridan qurol olib saroyni qamal qilishdi va ertasi kuni qirol, qirol qirol oilasi ketishi bilanoq saroy yopildi.[9][10] 1792-yilda Milliy konvensiya-yangi inqilobiy hukumat barcha rasmlar va haykallarni saroydan Luvrga oʻtkazishni buyurdi. 1793-yilda Konvensiya monarxiyaning bekor qilinishini eʼlon qildi va saroydagi barcha qirollik mulkini kim oshdi savdosida sotishni buyurdi. Kim oshdi savdosi 1793-yil 25-avgustdan 1794-yil 11-avgustgacha boʻlib oʻtdi. Saroyning jihozlari va sanʼat buyumlari, jumladan, mebellar, oynalar, vannalar va oshxona jihozlari hammasi sotildi. Buyuk Fransiya inqilobidan soʻng Versal muzeyga aylantirildi.

Foydalanilishi tahrir

1793 -yildan boshlab boʻsh katta xonalar ekskursiyalar uchun ochildi va baʼzi xonalarga fransuz rasmlari muzeyi va sanʼat maktabi ochildi. Napoleon Bonapart 1804-yilda Fransiyani egallaganda, u Versalni oʻzining qarorgohi qilish haqida oʻyladi, ammo taʼmirlash xarajatlari tufayli bu gʻoyadan voz kechdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi paytida saroyni gʻalaba qozongan nemis armiyasining bosh shtabi egallagan. Saroy qismlari koʻzgular galereyasi harbiy kasalxonaga aylantirildi. Vilyam I davrida Prussiya va uning atrofidagi nemis davlatlarini birlashtirgan Germaniya imperiyasining tashkil etilishi 1871-yil 18-yanvarda koʻzgular zalida rasman eʼlon qilindi. Nemislar 1871-yil mart oyida sulh imzolanmaguncha saroyda qolishdi. Oʻsha paytda Parijni, keyin esa Bordoni tark etgan yangi Uchinchi Fransiya Respublikasi hukumati saroyga koʻchib oʻtdi. Milliy Assambleyaning yigʻilishlari Opera teatrida boʻlib oʻtdi. Bu qirol qarorgohida Fransiya uchun va jahon tarixida ham muhim boʻlgan koʻplab halqaro shartnomalar imzolangan. Masalan, 1783-yilda AQsh mustaqilligi uchun urushni toʻxtatish shartnomasi, 1789-yilda Inson va fuqarolar huquqi deklaratsiyasi, okkupatsiya davrida germaniyalik harbiylar Versalda Germaniya imperiyasini tuzish eʼlon qilingan, 1919-yilda Birinchi Jahon urushini toʻxtatish shartnomasi imzolangan, Versal tizimi boshlanishiga ham xizmat qildi — urushdan keyingi xalqa-

ro aloqa tizimi deb nom oldi.

 

1979-yilda Versal saroy-bogʻ majmuasi YUnesko butunjahon madaniy meros roʻyxatiga kiritildi.

Arxitekturasi tahrir

Versal qurilishi absolyutizm oʻz kuchini eng yuqori choʻqqisini egallaganda oʻylab topilgan va amalga oshirilgan. Absalyutizm inqirozga yuz tutgan yillar Lui XIV podsholigida Versalning qullash davri edi. Qurilishda markazlashtiril- gan monarxiya gʻoyasi aks etgan, feodal tarqoq davlat birlashtirilib, yagona Fransiyaga aylantirildi. Ijtimoiy qayta qurilish va xoʻjalikning rivoji Versal qurilishi bilan bogʻliq va muvaffaqiyat shu yoʻsinda aks etgan. oynali galereya nafaqat yangi yorugʻlik va fazoviy yechimni be- radi, balki Fransiya koʻzgu sanoati rivojini ham aks etadi, uning birinchi yutugʻi boʻlib, Venetsiya oynalari bilan raqobatlashgan. 1668-yilda yangi xonalar paydo boʻladi, mar- mar saroyi devorlari saqlanib qoladi, tashqi fasadning katta qismi yoʻq qilinadi. Gʻarbiy fasad uch marta uzunroq boʻladi, eski binoning birin- chi qavati qayta qurilgan. Yuqori qavat ayvonga olib chiqadi, marmar saroy bilan bogʻni birlashtiradi. Ikki nafis binolar shimoliy va janubiy fasadlarni uzaytiradi. Janubiy qismida qirolicha zinapoyasi bor, shi- moliy zinapoya elchilar uchun boʻlgan. Levo saroyning tantanavor qis- mini bezashga ulgurmadi. Fransua D’obre ikkita pavilyonni panjara bilan fasadning sharqiy chiziqlari orqali oʻrnatgan. shunday qilib „Qirol saroyi“ tugatiladi. Levo tomonidan yaratilgan Versal Mazarini kordinali oʻlimidan soʻng unchalik mahobatli koʻrinishga ega emas edi. Uni oʻzgartirish uchun XVII asr oxirida yirik meʼmorlardan biri Jyul Mansar taklif etildi.[11]

Uning rahbarligida saroy yanada mahobatli boʻladi: 500 metrdan shimoliy va janubiy fasadlari tomon ikkita qanoti quriladi. shimoliy qsmida cherkov joylashgan. Ayvon tepasida yana ikki qavat qurilib, oynali galereya yaratildi. Urush va tinchlik zallari tugatiladi. Undan tashqari, Mansar ikki korpusdan iborat vazirlar saroyini ham yaratadi. Bino tashqi koʻrinishini oʻzgartiradi, lekin balandligi qoladi. Mahobatlilik paydo boʻladi, katta oʻlchamdagi va oddiy sokin ritmdagi kompozitsiyadagi barcha elementlar yagona butunlikni namoyish etadi. Versal landshaft meʼmorchiligi shedevr hisoblanib — saroy bilan bogʻni alohida koʻrish mumkin emas. saroy qurilishi Levo tomonidan boshlangan boʻlsa, Andre Lenotr Fransiya tarixiga Versal qirol bogʻboni boʻlib kirib keldi. Uning gʻoyasi boʻyicha Parijdagi Tyuilri bogʻlari, Londondagi Marli, moliya vaziri Fukega tegishli Vo-le-Vikont bogʻlari yaratilgan. Fuke, yaʼni yosh monarx qiroldan ham zoʻr bogʻga ega boʻlgani uchun hatto qamoqqa olingan edi.

Gallereya tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Manbalar tahrir

  1. „The Public Establishment“. Palace of Versailles (31-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  2. Spaworth 2008, s. 26.
  3. Bohanan 2001, s. 66.
  4. Berger 1994, s. 18.
  5. https://www.pop.culture.gouv.fr/notice/merimee/PA00087673
  6. https://linkparis.com/palace-of-versailles-history/
  7. https://linkparis.com/palace-of-versailles-history/
  8. https://www.britannica.com/topic/Palace-of-Versailles
  9. https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/499597?
  10. utm_source=ru.wikipedia.org&utm_medium=referral&utm_campaign=ru.wikipedia.org&utm_referrer=ru.wikipedia.org
  11. https://www.kommersant.ru/doc/3024365

Havolalar tahrir