"VIKING" — Amerikaning Marsni tad qiq qilishga moʻljallangan orbitalqoʻndiriluvchi kosmik apparati (KA). Massasi 3420 kg, bal. 4,9 m. „V.“ orbital (OB) va qoʻndiriluvchi (QB) blok lardan tashkil topgan. „V.-1“ va <".-2" lar „Titan ZE“ uchiruvchi raketa yordamida 1975-yil 20-avgust va 9 sentabrda uchirilgan. „V.-1“ning QB Marsga 1976-yil 20-iyulda, „V.-2“ esa Mars sirtiga 1976-yil 3 sentabrda ohista qoʻndirildi. Har ikkala „V“ning OBlari Mars va uning yoʻldoshlariga doyr bir necha ming rasmini Yerga uzatdilar. OB bergan maʼlumotlar asosida sayyora sirtining issiqlik va suv bugʻlari miqdori boʻyicha haritalari tuzilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil