Vikipediya:Sahifalarni oʻchirish qoidalari

Vikipediya sahifalarini oʻchirish qoidalari ensiklopediya tarkibida boʻlishga mos kelmaydigan sahifalarni aniqlash va oʻchirib tashlash tartibini belgilab beradi.

Sahifani butunlay oʻchirib tashlashdan oldin uning qoidalarga mos kelmaydigan qismlarini yaxshilashga yoki olib tashlashga urinib koʻrish kerak.

Sahifalar asosan quyidagi hollarda oʻchirilishi mumkin:

  • Maqolada mualliflik huquqlari buzilgan;
  • Maqola bezorilik qilish niyatida yaratilgan;
  • Maqola reklama yoki spam maqsadida yaratigan va hech qanday ensiklopedik mazmunga ega emas;
  • Maqola ishonchli (nufuzli) manbalarga tayanmay yozilgan, yaʼni u foydalanuvchilarning shaxsiy fikri va/yoki yolgʻon maʼlumotlardan iborat;
  • Maqola ensiklopediyada yoritilishga loyiq boʻlmagan mavzuga oid ;
  • Ehtiyojsiz va ishlatilmaydigan andozalar;
  • Ishlatilmaydigan, eskirgan va noerkin fayllar;