Xulosa chiqaruvchi — sahifalarni oʻchirishga imkon beruvchi texnik bayroq. Xulosa chiqaruvchilar VP:TOʻMning deyarli barcha mezonlari asosida sahifalarni oʻchirishlari va VP:OʻCHning oddiy nominatsiyalarida xulosa chiqarishlari mumkin.

Statusni tayinlash qoidalari tahrir

Xulosa chiqaruvchi statusi maqolalarni oʻchirish talablarini biladigan, tushunadigan va Vikipediya qoidalari bilan tanish boʻlgan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga berilishi mumkin.

Xulosa chiqaruvchi statusini olish uchun nomzodlik muhokama qilinadigan Vikipediya:Soʻrovlar/Xulosa chiqaruvchi sahifasida soʻrov qoldirish kerak.

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi shart:

  • Vikipediyaning oʻzbek tilidagi boʻlimida kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak;
  • Kamida 1000 ta tahrir qilgan boʻlishi kerak;

Muhokama bir hafta davom etadi. Xulosa chiqaruvchi statusi administratorlardan biri tomonidan foydalanuvchiga beriladi.

Status berilmagan taqdirda, munozara yopilganidan 3 oy oʻtganidan soʻng qayta murojaat qilish tavsiya etiladi. Bunday holda, foydalanuvchi oldingi soʻroviga havola berishi kerak.

Yana qarang tahrir