Vinisius Junior (inglizcha Vinícius Júnior) 2000-yil 12-iyulda São Gonçalo, Braziliyada tugʻilgan[1]. Vinisius Junior (portugalcha Vinícius José Paixão de Oliveira Júnior) Braziliyalik professional futbolchi, Real Madrid va Braziliya terma jamoasi hujumchisi

Vinisius Junior
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vinícius José Paixão de Oliveira Júnior
Tavallud sanasi 12-iyul 2000-yil (2000-07-12) (23 yosh)
Tavallud joyi São Gonçalo, Braziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi 176 sm
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vinisius Junior Real Madrid
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2017 Flamengo Akademiyasi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 — Clube de Regatas do Flamengo
Real Madrid
(50 (11)
169 (35))
Milliy terma jamoa
2018- Braziliya (12 (1))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Toʻliq ismi — Vinicius Paixao de Oliveira Junior 12-iyul 2000-yilda São Gonçalo, Rio-de-Janeyro Braziliya da kambagʻal va kamtar oilada tugʻilgan. Otasining ismi Vinisius Xose Payxao de Oliveyra onasining ismi Tatyana Vinisius[2]. Uning ikki ukasi va bir singlisi bor. Bolaligida uning oilasi katta moliyaviy muammoga duch keladi. Shuning uchun Vinisius amakisi bilan juda qattiq ishlashga majbur boʻlgan. Bolaligidan futbol oʻynashga ishtiyoqi doim baland boʻlgan. Vinisius Juniorning bolaligi futbolga qiziqish bilan oʻtdi. Natijada ota-onasi uni futbol maktabiga oʻqishga joylaydi. Junior Vinisius 2010-yilda „Flamengo“ akademiyasiga qoʻshiladi va bu uning oʻqishga qiziqishini kamaytirgani uchun u 15 yoshida maktabni tashlab ketgan. Shundan keyin Vinisius Junior faqat futboʻl oʻynash bilan band boʻlgan.



Karyera tahrir

Flamengo Akdemiyasida Vinisius Junior 2010-yildan 2017-yilgacha oʻynaydi.

Professional karyerasi Clube de Regatas do Flamengo klubida 2017-yilda boshlangan keyin jamoada 2018-yilgacha 49 ta oʻyinda 2.243 daqiqa oʻynab 10 ta gol urgan.

Real Madrid klubida 2018-yildan beri oʻynab kelmoqda

2018-yilda iyulida Vinisius Junior Braziliyaning Clube de Regatas do Flamengo klubidan Ispaniyaning „Real Madrid C.F.“ klubiga 45 million yevro evaziga transfer boʻladi[3].

Real Madridda umumiy hisobda 169 ta oʻyinda 10 465 daqiqa oʻynab 35 ta gol urishga muvaffaq boʻldi(4). Hozirgi vaqtda uning transfer narxi Transfermarkt maʼlumotlariga qaraganda 100 million yevro.


Manbalar tahrir