Vinnipeg (shahar)

Kanadadagi shahar

VinnipegKanadaning janubidagi shahar. Manitoba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht rayonlarining savdotaqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi tarmoqdar mavjud. Universitet bor. Shaharga 1873 yilda asos solingan. 1873 yildan Vinnipeg deb atala boshlagan.

Vinnipeg (shahar)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil