Vismut, sof vismut — mineral. Asosan sof tugʻma metall — Bi dan iborat. Trigonal singoniyali. V. mayda donachalar, zanjirsimon, varaqasimon kristallar. Kumushsimon oq, kulrang va sargʻish. Yaltirokligi metallsimon. Qattiqligi 2,5. S. of. 9,8. Asosan gidrotermal eritmalardan hosil boʻladi. Pegmatit, skarn, greyzen, yuqori haroratli gidrotermal konlarda kassiterit, volframit, molibdenit, sheelit, qoʻrgʻoshin, rux, mis, temir sulfidlari, shuningdek kobalt va nikel arsenadlari, sof kumushli rudalar bilan birga hosil boʻladi (yana q. Vismut rudalari). V. Oʻzbekistonda Qoʻshbuloq, Chodak, Ustarasoy, Burchmulla, Langar, Ingichka, Yaxton, Choshtepa, Qoʻytosh konlarida uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil