Norov Vladimir Imamovich (31-avgust 1955-yil, Buxoro) — oʻzbek diplomati. 2022-yil 30-dekabrdan Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori. 2019-2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi[1], 2022-yil 27-apreldan 30-dekabrgacha va 2006-2010-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri[2][3][4], 1996-1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Oʻzbekistonning Germaniya, Polsha, Shveysariya, Lyuksemburg va Belgiyadagi sobiq elchisi.

Vladimir Imomovich Norov
Владимир Имамович Норов
MOXI - Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori
Mansab davri
2022-yil 30-dekabrdan – 2023-yil 21-iyungacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Javlon Vahobov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2022-yil 27-apreldan – 2022-yil 30-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdulaziz Komilov
Vorisi Baxtiyor Saidov
Mansab davri
2006-yil 12-iyuldan – 2010-yil 28-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Elyor Gʻaniyev
Vorisi Elyor Gʻaniyev
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi
Mansab davri
2019-yil 1-yanvardan – 2021-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Rashid Alimov
Vorisi Zhang Ming
ISMI direktori - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
2017-yil 5-maydan – 2018-yil 31-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi
Mansab davri
1996-yildan – 1998-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sodiq Safoyev
Vorisi Alisher Fayzullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 31-avgust 1955-yil (1955-08-31) (68 yosh)
Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1978-1992, 2017-2018
Unvoni Polkovnik

Biografiyasi tahrir

Taʼlim tahrir

1972—1976-yillarda Buxoro pedagogika instituti talabasi. 1983—1985-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati tahrir

1976-1978 — Qurolli Kuchlar xizmatida. 1978-1982 — Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boʻlimi tezkor vakili, katta tezkor vakili, 1982—1983-yillarda Buxoro shahar ichki ishlar boʻlimi jinoyat-qidiruv boʻlinmasi boshligʻi, 1985—1988-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki xavfsizlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, 1988—1990-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshligʻi, 1990—1992-yillarda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshligʻi[5], 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti, 1995—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.

1996—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, 1998-2003 — Oʻzbekistonning Germaniyadagi, oʻrindoshlik asosida — Polsha va Shveysariyadagi elchisi, 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2005—2006-yillarda Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi[6], 2006-yil 12-iyuldan 2010-yil 28-dekabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, 2010—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 20132017-yillarda Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi, 2017-yil 4-apreldan 2019-yil 1-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori (institut 1992-yilda davlat rahbarini „axborot-tahliliy taʼminlash“ maqsadida tashkil etilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari[7]. 2019-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi[8][9]. 2021 yil 31-dekabrdan — 2022 yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari[10] vazifalarida faoliyat olib borgan. 2022 yil 27-apreldan — 2022 yil 30 dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.[11] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabrdagi farmoni bilan Markaziy Osiyo Xalqaro (MOXI) Instituti direktori etib tayinlandi. „Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda PQ-4811-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, mintaqadagi xalqaro maqomga ega yagona davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi“ — zamonaviy sivilizatsiyalar xilma-xilligi va mintaqani barqaror rivojlantirish jarayonlarini tadqiq etish. Shuningdek, institut zimmasiga savdo va investitsiya, transport -kommunikatsiya, energetika, gumanitar, suv va atrof -muhitni muhofaza qilish, xalqaro munosabatlar va mamlakatlarda xavfsizlikni taʼminlash kabi sohalardagi istiqbolli yechimlarni o‘rganish va tahlil qilishdan iborat qator mas’uliyatli vazifalar yuklangan.

Davlat idoralari, muassasalar va elchixonalarda 45 yillik mehnat faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqishga qaror qildi. „Qarorimni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorman“, — Silk Road Advisory konsalting kompaniyasini yaratdi va barcha aloqalarini O‘zbekiston tashqi siyosatini ilgari surish, mamlakatning xalqaro imidjini yaxshilash, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli yutuqlar, jalb qilish deb yozadi Vladimir Norov o‘zining Twitter sahifasida.

Mukofotlari tahrir

Vladimir Norov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2003-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[12][13].

Unvon va martabalari tahrir

Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi[14].

Oilasi tahrir

Oilali, 3 ta farzandi bor.

Manbalar tahrir

  1. https://m.kun.uz/news/2018/06/10/vladimir-norov-st-bos-kotibligiga-tasdiklandi
  2. „Ministry of Foreign Affairs of Republic of Uzbekistan: Structure of the MFA“. 2010-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2010-09-24 sanasida arxivlangan)
  3. „Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  4. „Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  5. Biografiya | Infoshos.ru[sayt ishlamaydi]
  6. Владимир Норов назначен послом Узбекистана в Бельгии - Centrasia, 2016-03-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-27
  7. http://m.kun.uz/news/2017/05/04/sobik-taski-islar-vaziri-prezident-uzuridagi-institutga-direktor-buldi
  8. Vladimir Norov vozglavil Institut strategicheskix i mejregionalnix issledovaniy — Gazeta.uz
  9. Shavkat Mirziyoev ShHT bosh kotibini qabul qildi
  10. Genseku ShOS Vladimiru Norovu prisvoeno zvanie Pochetnogo doktora Akademii gosudarstvennogo upravleniya pri prezidente Tadjikistana
  11. Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi
  12. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash haqida
  13. „PF-3300 sonli Prezident farmoni“.
  14. TIV Rahbariyati[sayt ishlamaydi]