Vladimir Voyevodskiy

rossiyalik-amerikalik matematik

Vladimir Aleksandrovich Voyevodskiy (ruscha: Влади́мир Алекса́ндрович Воево́дский) (5-iyun 1966-yil – 30-sentyabr 2017-yil) – rossiyalik-amerikalik matematik. Gomotopiya hamda algebraik xilma-xillik boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2002-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Vladimir Voyevodskiy
Tavalludi 4-iyun 1966-yil
Moskva, Sovet Ittifoqi
Vafoti 30-sentyabr 2017-yil(2017-09-30)
(51 yoshda)
Princeton, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi Rossiya, AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Perspektiv tadqiqotlar instituti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Harvard universiteti
Akademik rahbarlari David Kazhdan
Mukofotlari Fields medali (2002)

Voyevodskiy Moskva davlat universitetida tahsil olgan, ammo dars qoldirgani hamda yaxshi natija koʻrsata olmagani uchun universitetni diplom olmasdan tark etgan. 1992-yil Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Oʻqishga oʻzi aslida topshirmagan – bir necha mustaqil maqolasi chop etilishi ortidan Harvard maʼmuriyatiga uni qabul qilish tavsiya qilingan.

Voyevodskiy algebraik geometriya hamda algebraik topologiyani birlashtiruvchi motivli kogomologiyalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Olim, shuningdek, matematika asoslari sohasida matematikaning univalent asoslarini oʻrgangan. Voyevodskiy 2002-yil Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlay boshlagan. 2017-yil 51 yoshida anevrizmadan vafot etdi.