Vodil qabristonijez davrida yashagan chorvador qabilalarga mansub qabriston (mil. av. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlari). 1956-yil Olay togʻi etaklarining Vodil tumani (Fargʻona vodiysi) qismidan arxeologlar— N. G. Gorbunova va B. 3. Gamburglar topgan. V. q. hududida 273 mozor qoldigʻi bor. V. q.dagi qabrlarning 32 tasi tekshirilganda ular kimlarningdir tomonidan oldin ham ochilganligi, murda suyaklari joyidan qoʻzgʻatilganligi va ulardagi koʻp buyumlar oʻgʻirlanganligi aniqlandi. Tekshirilgan goʻrlardan faqat naqshli sopol idish parchalari, jezdan ishlangan bir necha bilaguzuk, isirgʻalar, bargsimon oʻq uchlari va b. buyumlar topildi. V. q.dagi topilmalar andronovo madaniyatigg koʻp jihatdan oʻxshab ketadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil