Vohid Shodiyev (1986-yil 9-noyabrda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tugʻilgan) – Toshkentning Bunyodkor futbol klubi, hamda, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi hisoblanadi. Nafaqadagi futbolchi.

Vohid Shodiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vohid Shodiyev Muhiddinovich
Tavallud sanasi 9-noyabr 1986-yil (1986-11-09) (37 yosh)
Tavallud joyi Xatirchi tumani, Oʻzbek SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi hujumkor yarimhimoyachi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Oʻzbekiston Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 Oʻzbekiston Zarafshon - (-)
2008 Oʻzbekiston UzDongJu 7 (0)
2009 Oʻzbekiston Qizilqum 25 (7)
2010—2012 Oʻzbekiston Neftchi Fargʻona 24 (0)
2012—2013 Oʻzbekiston Buxoro 51 (17)
2014—2015 Oʻzbekiston Bunyodkor 42 (13)
2016 Malayziya Perak FA 10 (1)
2016—2017 Oʻzbekiston Qizilqum 27 (7)
2017 Oʻzbekiston Bunyodkor 10 (4)
2018 Oʻzbekiston Mashʼal Muborak 15 (5)
2019 Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 5 (0)
2019—2021 Oʻzbekiston Qizilqum 6 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2017 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 14 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (13-oktyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Vohid Shodiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Navoiyning Zarafshon klubida boshlagan, ushbu klubda u 3 mavsum oʻynab 20 ga yaqin gol muallifi boʻlgan. 2008-yili bir mavsum Andijonning Uz-Dong Ju tarkibida oʻynab 7 marta maydonga tushgan boʻlsa, 2009-yili Navoiyning yana bir klubi Qizilqum tarkibida ham bir mavsum oʻynab, 25 ta uchrashuvda maydonga tusib raqiblar darvozasini 7marta ishgʻol qilgan.

U 2010-yili Fargʻonaning Neftchi klubiga oʻtadi va u klubda 2 mavsumda 24 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi. Undan keyin, 2012-yilning fevral oyida Buxoroning Buxoro klubi bilan sartnoma tuzadi. Ushbu klubda u jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Vohid Shodiyev Buxoro klubida 51 uchrashuvda maydonga tushib, jaʼmi 17 ta gol urgan.

2014-yilning boshida u Toshkentning Bunyodkor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va tez orada ushbu klub bilan shartnoma imzolaydi va oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining kumush medali sohibiga va Oʻzbekiston Super kubogining oltin medali sohibiga aylanadi. Bugungi kunga qadar u ushbu klub tarkibida 22ta uchrashuvga maydonga tushib 9 ta gol muallifi boʻlgan. Vohid Malayziyaning „Perak FA“ jamoasi bilan 2015-yil 30-dekabrda shartnoma imzolagan[1]. Dastlabki mavsumida 10 ta oʻyinda 1 ta gol urdi va mavsum yakunida Oʻzbekistonga qaytdi[2]. 2016 va 2017-yillarda Navoining "Qizilqum jamoasida oʻynagan. 2017-yilning 26-iyulida Shodiyev „Bunyodkor“ jamoasi bilan qayta shartnoma imzolagan[3].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Vohid Shodiyev 2013-yilning 6-noyabrida 2015-yilgi Osiyo kubogi uchun kechgan saralash bosqichida Vyetnamga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirtirildi.[4] 15-noyabrda u Vyenamga qarshi kechgan oʻyinda ilk debyutini oʻtkazdi va oʻshanda Vohid Shodiyev terma jamoadagi ilk golini raqiblar darvozasiga joylab qoʻydi. Oʻsha yilning 19-noyabr kuni Gon Kong terma jamoasiga kechgan ucrashuvda ham gol urib terma jamoadiga ikkinchi golini oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida u terma jamoa safida qatnashdi. Guruh bosqichida Saudiya Arabistoni bilan kechgan juda muhim oʻyinda, muhim golni urib terma jamoaning guruh bosqichidan chiqishiga katta hissasini qoʻshgan edi.

Yutuqlari tahrir

  • 2  Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014
  • 1  Oʻzbekiston Super kubogi gʻolibi: 2013

Statistikalari tahrir

Klubda tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jaʼmi
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Neftchi 2010 15 0 2 1 - 17 1
2011 9 0 3 1 - 12 1
Jaʼmi 24 0 5 2 - 29 2
Buxoro 2012 25 5 6 0 - 31 5
2013 26 12 0 0 - 26 12
Jaʼmi 51 17 6 0 - 57 17
Bunyodkor 2014 20 6 5 3 7 2 32 11
2015 2 2 0 0 4 1 6 3
Jaʼmi 22 8 5 3 11 3 38 14
Jaʼmi faoliyatida 97 25 16 5 11 3 124 33

Terma jamoada tahrir

Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 15-noyabr 2013 Xanoy, Vyetnam   Vyetnam 1–0 3–0 AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi
2. 19-noyabr 2013 Gon Kong   Gonkong 1–0 2–0 AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi
3. 18-yanvar 2015 Melburn, Avstraliya   Saudiya Arabistoni 2–1 3–1 AFC Osiyo kubogi 2015

Manbalar tahrir

  1. „Football: Perak sign Uzbek midfielder to boost Super League chance | The Star“.
  2. „RUMUSAN JENDELA PERPINDAHAN KEDUA LIGA MALAYSIA 2016 – footballmalaysia“. 2017-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-iyul.
  3. „"Бунёдкор" янги футболчиларни таништирди. ФОТО+ВИДЕО“ (uz). fcbunyodkor.com. FC Bunyodkor (2017-yil 26-iyul). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
  4. „Kasimov announces expanded squad of Uzbekistan“. UzDaily.com (6-noyabr 2013-yil). 8-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir