Volgograd viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1936 yil 5 dekabrda tashkil etilgan. Maydon 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. Volgograd viloyatida 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi – Volgograd shahri.

Rossiya Federatsiyasi subyekti
Волгоградская область
Volgograd viloyati
Volgograd viloyati bayrogʻi Volgograd viloyati gerbi
Administrativ markaz Volgograd
Maydon 112 877 km² (31-chi)
- suv qismi 3,1%
Aholi 2 583,3 ming kishi (19-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 22,9 kishi / km²
YaIM 437,4 mlrd rub. (20-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 165,8 ming rub.
Federal okrug Janubiy
Iqtisodiy tuman Povoljskiy
Gubernator Sergey Anatoliyevich Bojenov
RF subyekti kodi 34, 134
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)
Rasmiy sayt www.volganet.ru

Volgograd viloyati Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy – oʻng sohil va sharqiy (Zavolje) qismlarga ajratadi. Volgograd viloyatida neft, tabiiy gaz, osh tuzi va magniy tuzi (Elton koʻlida), fosforit konlari topilgan. Mineral buloqlar mavjud. Volgograd viloyatining iqlimi kontinental, quruq. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 8 dan – 12" gacha, iyulniki 23°. Yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Volga va Don. Yirik koʻllari: Elton, Gorkosolyonos; Simlyansk va Volgograd suv omborlari bor. Volgograd viloyati energetika asosini Volga GES, Volgograd GRESlari va b. issiqlik elektr markazlari tashkil qiladi. Metallurgiya (poʻlat sim-kanat, quvur, alyuminiy zavodlari), mashinasozlik (traktorsozlik, minora kranlari, podshipniklar, elektrotexnika, neft, oziq-ovqat sanoatlari uchun jihozlar) sanoatlari rivojlangan. Viloyatda kimyo va neft kimyosi (sintetik tola, sintetik kauchuk, shina, texnik rezina, azot-kislorod zavodlari) sanoatlari katta oʻrin egallaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil (asosan toʻqimachilik), yogʻochsozlik va oziq-ovqat (goʻsht, sut, un-yorma, yogʻ-moy, konserva) sanoati tarmoqlari rivojlanmoqda. Asosiy sanoat markazlari – Volgograd, Voljskiy, Kamishii, Uryupinsk, Mixaylovka. Volgograd viloyatida gʻalla ekinlaridan burdoy, tariq, texnika ekinlaridan xantal (gorchitsa) ekiladi, polizchilik (tarvuz), sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilikda koʻproqqoramol, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Transportida temir yoʻl, suv yoʻli va avtomobil yoʻllari katta oʻrin tutadi. V.v.da 8 oliy oʻquv yurti, 4 teatr, 5 muzey bor (1999).[1]

Hududiy boʻlinishi tahrir

 Урюпинский районНовониколаевский районКиквидзенский районЕланский районРуднянский районЖирновский районНехаевский районАлексеевский районНовоаннинский районМихайловский районДаниловский районКотовский районКамышинский районНиколаевский районСтарополтавский районПалласовский районБыковский районКумылженский районСерафимовичский районФроловский районОльховский районДубовский районИловлинский районКлетский районЛенинский районСреднеахтубинский районГородищенский районКалачёвский районСуровикинский районЧернышковский районКотельниковский районОктябрьский районСветлоярский район
Волгоградская область
Урюпинский
Новониколаевский
Киквидзенский
Еланский
Руднянский
Жирновский
Нехаевский
Алексеевский
Новоаннинский
Михайловский
Даниловский
Котовский
Камышинский
Николаевский
Старополтавский
Палласовский
Быковский
Кумылженский
Серафимовичский
Фроловский
Ольховский
Дубовский
Иловлинский
Клетский
Ленинский
Среднеахтубинский
Городищенский
Калачёвский
Суровикинский
Чернышковский
Котельниковский
Октябрьский
Светлоярский
 
 
 
 
 
 


Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil