Walter Gilbert (1932.21.3, Boston) — amerikalik biokimyogar. Amerika sanʼat va fan akademiyalari aʼzosi (1968-yildan). Falsafa doktori (1957), Garvard universiteti professor (1968-yildan). Ishlari biokimyo va molekulyar biologiyaga taalluqli. Qator DNKlarning birlamchi tuzilishini aniqlagan. A. Meksem bilan hamkorlikda DNKning birlamchi tuzilishini aniqlash uchun qulay usullardan birini tavsiya qilgan (1977). Nobel mukofoti laureata (1980, Frederick Sanger bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil