Whitney Elizabeth Houston (talaffuzi: Uitni Elizabet Hyuston; 9-avgust, 1963 — 11-fevral, 2012) amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, produser va model boʻlgan. Guinness Dunyo Rekordlari kitobiga eng koʻp taqdirlangan ayol sifatida kirgan.[2] Uning jami 415 mukofotlari orasida ikkita Emmy, oltita Grammy, 30 ta Billboard Music Awards, 22 ta American Music Awards va boshqa nufuzli mukofotlar bor. Houston shuningdek 170 milliondan ortiq albom va singl sotib, eng muvaffaqiyatli artistlar qatoriga kirgan.[3][4] Houston jami yettita studiyaviy va uchta soundtrack albomlar chiqargan, ularning hammasi kamida platina yoki oltin sertifikatlari olgan. Uning „Saving All My Love for You“, „How Will I Know“, „Greatest Love of All“, „I Wanna Dance with Somebody (Who Loves Me)“, „Didnʼt We Almost Have It All“, „So Emotional“ va „Where Do Broken Hearts Go“ ashulalari hit-paradlarda birinchi oʻrinlarni egallagan.

Whitney Houston
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Whitney Elizabeth Houston
9-avgust 1963-yil
Vafoti 11-fevral 2012-yil(2012-02-11)
(48 yoshda)
Beverly Hills, California, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Bobby Brown[1]
Janr Pop, soul, R&B
Amplua vokal, pianino
Faoliyat yillari 1977 — 2012
Veb-sayt WhitneyHouston.com

Houston shuningdek kinoda ham oʻynagan. Uning eng mashhur filmlaridan biri — Tansoqchi (1992). Filmda ijro etilgan „I Will Always Love You“ ashulasi musiqa tarixida eng koʻp sotilgan singllardan boʻldi. Shuningdek u Waiting to Exhale (1995) va The Preacher's Wife (1996) filmlarida suratga tushgan.

Hayotining soʻnggi yillarida giyohvandlik muammolariga duch kelgan Houston 2012-yil 11-fevralida Beverly Hilton (California) mehmonxonasida vafot etdi.[5]

Diskografiyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. „Whitney Houston biography“. whitneyhouston.com (19-avgust 2009-yil). 11-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 11-fevral 2012-yil sanasida arxivlangan)
  3. Dobuzinskis, Alex. „Whitney Houston, as of 2009, said she was "drug-free"“. Reuters (15-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  4. „Whitney Houston Biography“. whitneyhouston.com. Qaraldi: 12-yanvar 2010-yil.
  5. „Whitney Houston, 48, found dead in Beverly Hills“ (11-fevral 2012-yil). Qaraldi: 11-fevral 2012-yil.

Havolalar tahrir