Wole Soyinka (1934.13.7, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg va yozuvchi. "Sher va sohibjamol" (1963) va "Oʻrmon raqsi" (1963) hajviy pyesalarida Sh. grotesk vositasi orqali Afrikadagi anʼanaviy va zamonaviy oqimlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni aks ettiradi; tarixiy oʻtmishni bilishga chaqiradi. "Monax Iyeronimning sinovlari" (1964) komediyasi, urushga qarshi qaratilgan "Telbalar va professionallar" masali (1971) va "Sharhlovchilar" (1965) romanining muallifi. Bu asarlarda Sh. Nigeriya amaldorlarining poraxoʻrligini qoralaydi. Sheʼrlarida oʻz davri muhitidan norozilik ohanglari sezilib turadi ("Qamoqdagi sheʼrlar", 1969). Nobel mukofoti laureati (1986).[3].

Wole Soyinka
Tavalludi 13-iyul 1934[1]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[2] va Nigerian Pidgin
Fuqaroligi Nigeriya

Manbalar tahrir

  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil