Xalq soʻzi (ruscha: Народное слово) — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bosh muharriri Oʻtkir Rahmatovich Rahmatov. Adadi 34000 (2004).

Xalq soʻzi
Turi ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta
Formati A1
Kimga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Asos solingan 1991-yil 1-yanvar
Bosh muharrir Oʻtkir Rahmatov
Narxi 6000 soʻm
Bosh ofisi Toshkent sh. Matbuotchilar k. 32.
Adadi 60000 nusxa
Vebsayt xs.uz

1991-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan. Haftada 5 marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy jarayonlarni xolis va begʻaraz yoritish tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Mustaqillikni avaylab-asrash, mustahkamlashning asosiy sharti — fuqarolarning siyosiy ongini oshirish, bir butun millat, xalq sifatida shakllantirish, Vatanga muhabbat, ajdodlarimizning qahramonona anʼanalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, hurfikrlilik, milliy iftixor, vatanparvarlik, erkinlik va ozodlikni eng ulugʻ neʼmat deb bilish gaz.ning muhim yoʻnalishidir. Gazeta vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, chet el vakolatxonalari va boshqa muassasalar bilan kelishuv va shartnomalarga muvofiq faoliyatning turli sohalariga oid axborotlarni, davlat, tijorat tizimlari va xususiy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini bosib chiqaradi.

Asosiy ruknlari: „Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari“, „Oliy Majlisda“, „Parlament nazorati“, „Farmon va ijro“, „Ogohlik“, „Bugunning gapi“, „Islohot odimlari“, „Sudhuquq islohoti“, „Taʼlim va islohot“, „Dolzarb mavzu“, „Bevosita muloqot“, „Kuch — bilim va tafakkurda“, „Maʼrifat soati“, „Olam nafasi“, „Jurnalist surishtiruvi“, „Bir xat izidan“ va boshqa[1].

Manbalar tahrir

  1. „Rasmiy sayti“. 2018-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.