Xalqaro talabalar kuni — 1939-yil 17-noyabr — xalqaro talabalar birdamligi kuni sifatida nishonlanadi.

1939-yil 28-oktabrda fashistlar tomonidan ishgʻol qilingan Chexiya Respublikasida Praga shahrida tahsil oluvchi talabalar va ularning oʻqituvchilari Chexoslovakiya davlati tashkil topganligini nishonlash maqsadida namoyish oʻtkazdilar. Bosqinchilar qoʻshini namoyishni tarqatib yubordi, shu chogʻda tibbiyot fakulteti talabasi Yan Opletal yaralandi. Doktor Arnold Irasek Charlz maydonidagi shifoxonada Opletalda darhol jarrohlik amaliyoti oʻtkazdi. Biroq, u 11-noyabr kuni peritonitdan vafot etdi. 15-noyabr kuni dafn marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. Oʻnlab namoyishchilar hibsga olindi. 17-noyabr kuni erta tongda fashisht harbiy boʻlinmalari talabalar yotoqxonalarini oʻrab oldi. 1200 dan ortiq talaba hibsga olinib, kontslagerga joʻnatildi[1]. Toʻqqiz nafar talaba va talaba faollari qamoqxonada qatl qilindi[1].

Oradan ikki yil oʻtib, 1941-yili Londonda natsizmga qarshi kurashgan talabalarning xalqaro uchrashuvi tashkil etildi. Chexoslovakiya kommunisti Otto Shlingning taklifiga koʻra, qatl qilingan hamda vafot etgan talabalar hotirasiga har yili ushbu sanani Talabalar kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi.[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Štemberková, Marie Univerzita Karlova — Historický přehled — Praha, Karolinum, 2011. — 111 s. — ISBN 978-80-246-2014-5.
  2. Волкова С. В чем солидарны студенты? // 7 дней. — 2008. — 13 noyabr (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.

Havolalar tahrir