— yirtqich xaltalilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Urugʻning yagona turi. Gavdasining uzunligi 50 sm ga, dumi 25 sm ga yaqin. Tanasi mitti, oyoqlari kalta. Orqa oyoqlarida 1barmogʻi boʻlmaydi. Xaltasi tanasining keyingi qismiga ochiladi. Sut bezlari soʻrgʻichi 4 ta. Yirtqich va oziq tishlari kuchli rivojlangan. Tasmaniya o. buta va chakalakzorlarida yashaydi. Etxoʻr. Yiliga 1 marta 4 tadan bolalaydi. Parrandachilikka ziyon keltirgani sababli koʻplab ovlangan. Soni kamayib ketgan.