Xalxa (moʻgʻulcha xalx — qalqon, yopinchiq) — Shimoliy Mongoliya hududining tarixiy nomi (etnonim sifatida axoliyey nomida sakdanib qolgan). Moʻgʻul yilnomalarida 15-asrda 5 ta oʻtoq (otok)dan iborat boʻlgani qayd etilgan. 17-asrda X. 7 xoshunga yoki 13 oʻtoqqa, manjurlar davrida — 3 aymoqqa, keyinchalik 4 ga boʻlingan. Ularning tepasida xonlar turgan. Hozir X. MXRning asosiy qismini tashkil etadi.