Sultonov Xayriddin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻi) – yozuvchi, publitsist.

Xayriddin Sultonov

Chapdan oʻngga: Gʻulomjon Ibragimov, Ochilboy Ramatov, Xayriddin Sultonov, Shavkat Mirziyoyev, Abdulaziz Komilov
 3-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijodiy ishlar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2002-yil 4-noyabr
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Asqar Meliboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-yanvar 1956-yil (1956-01-18) (68 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

Ijodi tahrir

1963- 1973- yillarda Parkentdagi oʻrta maktabda oʻgidi. 1973- vilda Toshkent Davlat jurnalistika fakultetiga oʻgishga kirib, 1978- yilda uni muvaffaqiyatli tugalladi. Talabalik yillaridayoq ijodiy tashkilotlarda ishlay boshlagan Xayriddin Sultonov 1974– 1980- yillarda .Guliston, 1982– 1985- yillarda ,,Yoshlik" jurnallarida, 1980- 1982-, 1985 – 1993- yillar orasida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida turli lavozimlarda mehnat qildi. 1993- yildan buyon O°zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat koʻrsatmoqda. X. Sultonov – nasrda yozuvchi Asqad Muxtor asos solgan ijodiy martabning vakili. U insonning tuyg olamini, hissiyot poʻrtanasini hayotiy tafsilotlar asnosida tasvirlashga mohir ijodkor. Talabalik yillaridayoq badiiy ijod bilan jiddiy shugʻullangan X. Sultonovning ,,Chol" nomli dastlabkí hikoyasi XX asrning yetmishinchi yillarida „Toshkent oqshomi gazetasida bosilgan. Yosh yozuvchi ,Guliston“ jurnalida ishlab yurganida bevosita Asqad Muxtordan badiiy ijod sirlarini oʻrgandi. Hayot hodisalariga, odamlarning ichki dunyosiga oʻziga xos nazar bilan garavdigan, insonlardagi eng nozik va yashirin sifatlarni bir-ikki chizgi bilan nurlantirib yuborishga mohir yozuvchi tabiiy isteʼdod bilan chuqur bilimni uygʻunlashtira bildi. Adibning, „Quyosh barchaga barobar“ (1980), „Bir oqshom ertagi“ (1983), ,"Onamning yurti" (1987), „Umr esa oʻtmoqda“ (1988), ,"Boburning tushlarí" (1992). „Yoʻqchilik va toʻqchilik“ (1995), „,Boburiynoma“ singarí hikoya, qissa va romanlarni oʻz ichiga olgan asarlari shírali tili, tasvir samimiyati, dardchil ohangi bilan oʻquvchilar mehrini qozongan. Xayriddin Sultonov ,,Saodat sohili", „,Yozning yolgʻiz yodgori“, ",Koʻngil ozodadur, „Ajoyib kunlarning birida singari qissalari bilan milliy nasrimiz rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan. X. Sultonov mohir ssenariychi sifatida ,Changak“. „Moziydan bir sahifa kabi telefilmlar hamda ,Tush- larimda koʻrib yigʻlayman, ,Yolgʻiz yodgor“ singari badiy filmlar ham yaratgan. 99 X. Sultonov dunyo adabiyotining eng sara asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish borasida ham samarali ishlar qilgan. Siz beshinchi sinfda fransuz adibi Antuan-de Sent Ekzyuperining ,,Kichik shahzoda" asarini shu yozuvchi tarjimasida oʻqigansiz. Uning Y. Nagibin, V. Shukshin singari rus yozuvchilari ijodidan qilgan tarjimalari ham eʼtibor qozongan. Quyida yozuvchining, „.Saodat sohili“ qissasidan olingan parcha bilan tanishasiz. [1]

Manbalar tahrir

Adabiyot 8-sinf maktab darsligi kitobi