Xums (arabcha: خمس — beshdan bir) —islom anʼanasida musulmon qoʻshinlari qoʻlga tushirgan oʻljalarining (qarang Gʻanimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar xazinasiga (qarang Bayt ulmol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy boshliqyaar oʻzlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qurʼon oyatlarida (8: 41) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u oʻrta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida qoʻllanilgan. X. sifatida toʻplangan mablagʻlarning beshdan bir qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini taʼminlashga, shuningdek, qoʻshinlar xarajatlariga sarflagan. Xalifalar va keyingi hukmronlar davrida X. xazinaga tushgan.