Xususiy huquq - fuqarolar va yuridik shaxslarning mulkiy va ayrim boshqa munosabatlarini tartibga soluvchi huquq tarmoqlari. Umum manfaatlarini tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ommaviy huquqdan farqli ravishda Xususiy huquq yakka mulkdorlar va birlashmalar (korporatsiyalar)ni ularning mulkiy faoliyatidagi va shaxsiy munosabatlaridagi mustaqilligi va tashabbusiga asoslangan xususiy manfaatlarini ifoda etuvchi munosabatlarni tartibga soladi. Xususiy huquqning asosini fuqarolik huquqi, shuningdek, turli koʻrinishlardagi savdo huquqi (savdo huquqi amal qiladigan davlatlarda) tashkil etadi.