Yakkashox Yevropa folklorida tarqalgan afsonaviy hayvon boʻlib, peshonasidan katta, oʻrama shox oʻsib chiqqan oq ot sifatida tasvirlanadi. Yakkashox haqidagi yozuvlar Qadimgi Yunonistondan butun Yevropaga tarqagan. Oʻrta Asrlar mifologiyasida yakkashox yovvoyi oʻrmon maxlugʻi sifatida tasvirlangan va soflik ramzi boʻlib taʼriflangan. Shoxi zaharlangan suvni tozalash va kasalni tuzatish xislatlariga ega deb hikoya qilinadi.

Edward Topsell yozgan „Toʻrt oyoqli maxluqlar va ilonlar“ kitobidan olingan yakkashox rasmi (1658).

Yakkashoxlar tabiatda kuzatilmagan. Eng yaqin keladigan hayvon Italiyada 2008-yili topilgan bir shoxli bugʻu boʻlib, u genetik kasallik tufayli shunday tugʻilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Falconi, Marta. „'Unicorn' deer is found in Italian preserve“. MSNBC (2008-yil 11-iyun). Qaraldi: 2012-yil 2-noyabr.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir