Rudzutak Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uyezdi (hozirgi Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mustahkamlashda qatnashgan sovet siyosatchilaridan biri. RKP (b) MK Turkbyuro raisi (1921 yil mart— oktabr), RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi raisi (192223), RKP(b) MK kotibi (1923 yil aprel — 1924 yil may). G.K.Orjonikidze bilan birgalikda Turkbyuro oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzilishining tashabbuskori. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) hukumati tarkibidan milliy rahbar xodimlarni chiqargan va Buxorodan surgun qiddirgan (1923 yil iyun). BXSR va XXSR ni sovetlashtirish jarayoniga rahbarlik qilgan. Keyinchalik SSSR temir yoʻllar xalq komissari (192430), SSSR XKS hamda SSSRMehnat va mudofaa kengashi raisining oʻrinbosari (1926—37). Sovet rejimiga sadoqat bilan xizmat qilsa ham qamoqqa olingan (1937 yil 24 may) va otib tashlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil