Yangi Shvabiya (nem. Neu-Schwabenland yoki Neuschwabenland) — Antarktida hududidagi 20° sharqiy uzunlik va 10° gʻarbiy uzunlik orasida joylashgan, 1939-yil 19-yanvardan, 1945-yil 8-mayga qadar Germaniya daʼvogarlik qilgan hudud.

Yangi Shvabiya hududi

Yangi Shvabiya hududi Qirolicha Mod Yerida joylashgan. Ushbu hududga 1938-yildan to shu kunlarga qadar Norvegiya ham daʼvogarlik qiladi.

„Yangi Shvabiya“ (Uchinchi Nemis) ekspeditsiyasi 1938-yil 17-dekabridan 1939-yil fevraliga qadar Alfred Risher rahbarligida olib borilgan. Ekspeditsiyaning maqsadi Antarktidadagi nemis kit ovlovchi stansiyalarini himoya qilish boʻlgan. Lyuftvaffe uchuvchilari qariyb 600 ming kvadrat kilometr masofani (bu hozirgi Germaniya hududiga deyarli ikkita keladigan masofa) uchib oʻtib, har 25-30 kilometr masofada vimpellar tashlab oʻtishgan. 350 ming kvadrat kilometr masofa suratga olingan, 11 mingdan ortiq fotosuratlar tayyorlangan.

Yangi Shvabiya va Gamburg oʻrtasida „Shvabiya“ qidiruv kemasi orqali doimiy aloqa boʻlib turgan.

Afsonalar tahrir

Oʻta sirli Yangi Shvabiya bazasi (yoki 211-baza) haqida juda koʻplab afsonalar mavjud, biroq ulardan hech biri oʻz isbotini topmagan.

  • Baza joylashgan hududda yerosti shahri sirli laboratoriyalari bilan qurilgan.
  • Yangi Shvabiya muhandislarining „ijod mahsuli“ — uchar likopchalari hozirgi kunlarga hudud osminida uchib yuradi.
  • Gitler va balki, Genrix Muller va Martin Bormanlar sirli shahardan boshpana topgan boʻlishlari mumkin.
  • Uchunchi reyxni oʻrgangan olimlar: R.Vesko, V.Terziyski, D.Chayldersslarning soʻzlariga koʻra suvosti kemalari orqali Janubiy qutbga va „Yangi Shvabiya“ga konslagerlarning minglab asirlari va bir necha oʻnlab olimlar olib kelingan.

Dalillar tahrir

 
Yangi Shvabiyaning kolonial bayrogʻi
  • Isbotlanganki, bazada atom fizikasi va uranni boyitish boʻyicha tajribalar olib borilgan.
  • Antarktidada uran rudalarini qidirish ishlari olib borilgan.
  • Yangi Shvabiya haqidagi barcha hujjatlar Gitler Germaniyasining kapitulyatsiyasidan keyin yoʻq qilingan. Ittifoqchi kuchlar tomonidan topilgan baʼzi bir hujjatlar loyiha haqidagi toʻliq tasavvurlarni bera olmaydi.
  • Bazaning yer ustidagi qismi 1946-yilda admiral Richard Berd tomonidan yoʻq qilingan.
  • Shunisi maʼlumki, Yangi Shvabiyada 8 tagacha yirik suvosti kemalari boʻlgan.

Bugungi kunda tahrir

Hozrgi vaqtda janubiy uzunlikning 60° janubidagi hududlarda Antarktida haqida Konvensiya amal qiladi. Unga koʻra, a koʻrsatilgan hududlarda ilmiy-tekshirish ishlaridan boshqa har qanday harakatlar taʼqiqlangan. Yangi Shvabiya hududi (Qirolicha Mod Yeri)da "Nomayr" nemis stansiya ishlab turibdi, lekin nemis olimlarining faoliyati fashistik tarix bilan hech qanday aloqadorlikka ega emas.