Yangi angren issiqlik elektr stansiyasi

Yangi angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik issiqlik elektr st-yasi; unitar korxona. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan. st-yaning oʻrnatilgan quvvati 2100 MVt, har biri 300 MVt quvvatli 7 energoblokka ega. st-ya qurilishi va tayyorgarlik ishlari 1976-yilda boshlangan. 1985-yil 3 aprel

da st-yaning 1energobloki foydalanishga topshirilgan. 1995-yil 23 avgustda 7energoblok ishga tushirilgan. Energobloklarning asosiy yoqilgʻisi 1blokdan 5blokkacha — koʻmir va gaz, rezerv yoqilgʻi — mazut; 6 va 7bloklarda — gaz, zaxira yoqilgʻi — mazut. Fargʻona vodiysi, Toshkent shahri va OlmaliqOhangaron sanoat rayoni korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvatlar 220 va 500 kV elektr uzatish liniyalari orqali tarqatiladi. 2003-yilda 5588,5 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 132 ming Gkal issiqlik energiyasi berildi.