Yangibozor tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman 1950-yilda tashkil etilgan. Keyinroq Urganch va Gurlan tumanlariga qoʻshib yuborilgan. Tuman yangidan 1989-yilda tashkil etildi. Shimoli gʻarbdan Gurlan tumani, janubi sharqdan Urganch tumani, janubi gʻarb va gʻarbdan Shovot tumani, shimol va sharqdan Amudaryo orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,34 ming km².

Yangibozor tumani
Янгибазарский район
tuman
Tarkibida Xorazm viloyati
Maʼmuriy markazi Yangibozor (Yangibozor tumani)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Yangibozor tumani xaritada
Koordinatalari: 41°44′42″N 60°34′16″E / 41.74500°N 60.57111°E / 41.74500; 60.57111 G O

Aholisi 89,4 ming kishi (2022[1]). Yangibozor tumanida 1 shaharcha (Yangibozor), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Boshqirshix, Bogʻolon, Boʻzqalʼa, Oyoqdoʻrmon, UyGʻUR> Chubalanchi, Shirinqoʻngʻirot, Qalandardoʻrmon) bor. Markazi – Yangibozor shaharchasi.

Etimologiyasi tahrir

Xiva xonligi davrida Yangibozor hududiga Qiyot-Qoʻngʻirot deb nom berilgan. Yangibozor toponomikasi „yangi“ va „bozor“ soʻzlarining qoʻshilishidan kelib chiqqan[2]. A.Nabiyev Yangibozor – aholining savdo-sotiq bilan faqat qala bozorida shugʻullanganlar. Keyinchalik aholi chekka qishloqlarning birida bozor tashkil qiladi va qal’a bozorida farqlanib turishi uchun Yangibozor deb nom beradi. Shundan keyin bu yerlar Yangibozor nomini oladi[3].

Tabiati tahrir

Relyefi pastbaland tekislikdan iborat. Hududi shim.gʻarbga qiyalanib boradi. Yillik oʻrtacha temperatura 11°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 2628°, yanvarniki —6°. Iiliga 80-90 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 180 – 200 kun. Tumanning shimol va shimoli sharqidan Amudaryo oqib oʻtadi. Ekin maydonlari Qilichboyarna, Mangʻitarna, Qoʻngʻirotyop, Nukusyop, Yangiyop, Hiziryop, Olgʻayop, Shabika va boshqalar kanal va ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, shoʻrxok tuproqlar. Baʼzi joylarida kichik qumliklar saqlanib qolgan. Yovvoyi oʻsimliklardan oqbosh, yantoq, shoʻra, chirmovuq, pechak, qamish, yakan, turangʻil, tol, terak, jiyda, ajriq va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, boʻrsiq, quyon, qobon, ilonlar, kaltakesaklar, kalamushlar; qushlardan tustovuq, har xil oʻrdak, gʻoz, qoʻton, birqozon va boshqalar uchraydi. Soy, kanal va boshqalar suv havzalarida har xil baliqlar bor.

Aholisi tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 195 kishi. Shahar aholisi 6,3 ming kishi, qishloq aholisi 60,1 ming kishi.

Xoʻjaligi tahrir

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, mahalliy sanoat korxonalari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari bor. Yirik, oʻrta va 151 kichik korxona, shuningdek, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 2 ta qoʻshma korxona tashkil etilgan. Yangibozor tumanining yetakchi tarmogʻi paxtachilik va gʻallachilik (shu jumladan, sholichilik); chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan.

Umumiy ekin maydoni 19,6 ming ga, shundan 11,3 ming ga yeriga paxta, 4,1 ming ga yeriga don, 81 ga yeriga kartoshka, 246 ga yeriga sabzavot ekiladi (2005). Amudaryo boʻyidagi toʻqay va oʻrmonzorlar – 538 ga. Q x. sohasida 12 qishloq xoʻjaligi korxonasi, 3 aksiyadorlik jamiyati, 9 xususiy firma, 1226 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 33,5 mingdan ziyod qoramol, 4,7 mingdan ortiq qoʻy va echki, 64,2 mingga yaqin parranda boqiladi (2005).

2004-2005-oʻquv yilida 31 umumiy taʼlim maktabida 16 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Bolalar sport maktabi, 31 kutubxona, 15 klub muassasasi, stadion, 35 sport zali va boshqalar sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi (220 oʻrin), 2 tish davolash poliklinikasi, 10 feldsherakusherlik punkti, 3 qishloqvrachlik ambulatoriyasi, 10 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarida 97 vrach (har 10 ming kishiga 14,1 vrach), shuningdek, oʻrta tibbiy xodimlar aholiga xizmat koʻrsatmoqda. 1953-yildan „Yangibozor koʻzgusi“ gazetasida nashr etiladi. (adadi 2270; 2005-yil)




  1. „Yangibozor tumani aholisining demografik ko‘rsatkichlari“ (2022-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  2. Xorazm va Xorazmliklar. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
  3. Tarixiy oʻlkashunoslik. A.Nabiyev. Toshkent.1995.