Yekaterina I Alekseevna (Marta Skavronskaya) (1684.5.4 — 1727.6.5) rossiya imperatori (1725—27). Litva dehqoni Skavronskiy oilasida tugʻilgan. 1702-yilda Marienburgda rus qoʻshiniga asir tushgan. 1712-yil Pyotr I ga nikohlangan. Pyotr I vafotidan soʻng (1725) dvoryanlar yordamida taxtga oʻtirdi. Yekaterina I davlat ishlari bilan aslda shugʻullanmagan. Uning davrida Oliy maxfiy kengash taʼsis etilib (1726), kengashga A. D. Menshikov boshchilik qilgan. Yekaterina I Pyotrning chet el sayohatlari va harbiy yurishlarida qatnashgan[1].

Yekaterina I
Yekaterina I Alekseyevna
Tavalludi
(tugʻilgan paytidagi ismi)

5.04.1684
Vafoti 6.5.1727
Sankt-Peterburg
Fuqaroligi Rus qirolligi va Rossiya Imperiyasi
Bolalari Anna Petrovna
Yelizaveta Petrova
Pyotr Petrovich
Natalya Petrovna
qolganlari yoshligida vfot etishgan
Otasi Samuil Skavronskiy
Onasi (Anna-)Doroteya Gan
Imzosi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir