Yelena Stempkovskaya

Sovet Ittifoqi Qahramoni

Yelena Konstantinovna Stempkovskaya (1921, Minsk viloyatidagi Mazurshchina qishlogʻi — 1942.26.6, Belgorod viloyatidagi Zimovenka qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika institutida oʻqigan. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi "Ozodlik" qishlogʻida yashagan. 1941-yildan armiyada. Radiotelegrafchilar kursini tamomlagan. 1942-yil yanvardan frontda. 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni (Janubiy Gʻarbiy front, 21-armiyaning, 76-oʻqchi diviziyasi) radisti, kichik serjant. 1942-yil 26 iyunda Belgorod viloyati Zimovenka qishlogʻi yonidagi jangda aloqani taʼminlagan va oʻzi halok boʻlgan (1946-yil 15-mayda Qahramon unvoni berilgan). Toshkentdagi 89-maktab Stempkovskaya nomi bilan atalgan va u yerda yodgorlik oʻrnatilgan. Toshkent pedagogika universiteti binosida yodgorlik lavhasi bor[1].

Yelena Stempkovskaya
Tavalludi 1921
Minsk viloyatidagi
Vafoti 26-iyun 1942-yil
Belgorod viloyatidagi
Xizmatdagi yillari 1941 — 1942
Unvoni Kichik Serjant
Harbiy  qism 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir