Yereymentau — (qoz. Ерейментау) Akmola viloyatidagi shahar , Yereymentau tumanining maʼmuriy markazi (1955-yildan buyon), temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 11,724 kishi (2010). Poydevori 1948-yili Akmola (hozirgi Astana) — Pavlodar (1953) va Yereymentau — Aysari (1965) temir yoʻllarini barpo etish maqsadida qurilgan. 1951-yil qishloqqa, 1965-yili shaharga aylanib, tez rivojlana boshladi.

Yereymentau

qoz. Ерейментау
shahar
51°37′0″N 73°06′0″E / 51.61667°N 73.10000°E / 51.61667; 73.10000 G OKoordinatalari: 51°37′0″N 73°06′0″E / 51.61667°N 73.10000°E / 51.61667; 73.10000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Akmola viloyati
Tuman Yereymentau tumani
Hukumat
Asos solingan 1965
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2010)
11 724[1]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71633[2]
Pochta indeks(lar)i 020800[3]
Avtomobil kodi C, 03
Yereymentau xaritada
Yereymentau
Yereymentau

Ijtimoiy soha tahrir

Shaharda temir-beton buyumlari, ohaktosh zavodlari, temir yoʻl va avtomabil mahkamalari, bosmaxona, 4 ta oʻrta va 2 ta asosiy maktab va musiqa, sport maktablari, temiryoʻlchilarnng madaniyat saroyi, bolalar madaniyat uyi, madaniyat-sport majmuasi, kinoteatr, tuman aloqa tarmogʻi, shifoxona, 2 kasalxona, dorixona, san.-epidemiol. st. bor. Yereymentau orqali respublika ahamiyatiga ega Astana — Pavlodar avtomobil yoʻli oʻtadi.

Geografiyasi tahrir

Viloyat markazi sanalmish Koʻkshetov shahridan janubi-sharqqa tomon 440 km, Yereymentau togʻining shimoli-gʻarb tarafida joylashgan. Yereymentau — Sariarqaning shimolidagi togʻli-oʻrmonli hudud. Akmola va Qaragʻandi viloyatlarining chegarasida joylashgan. Absolyut balandligi 901 m (Aqdіn togʻi).

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental. Qihsi sovuq, qorning oʻrtacha qalinligi (20 sm). Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulda 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 280 – 330 mm.

Manbalar tahrir