Yerkinboy Menliboyevich Qutiboyev (1972.28.8, Nukus) — muaytaychi, kikboksingchi. „Oʻzbekiston iftixori“ (1999). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2004), qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2002). Q. dastlab sportning erkin kurash va boks turlari bilan shugʻullandi, kikboksing boʻyicha Yevropa chempioni boʻldi (1994, Rimini). Kurashning muaytay turida katta shuhrat qozondi: 91 kg vaznda Oʻzbekiston (1997—2004), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1995, 1997, 1998, 2002, 2004, Bang-kok) chempioni. q. Kiyev texnika universitetini tugatgan (1994), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh mutaxassisi (1997—2001), Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (2001—2002), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston filiali direktori (2002— 2004), Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori (2004-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2005), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati (2005). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazi-rining 1-oʻrinbosari (2006-yildan).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil