Yerqoʻrgʻon — qad. shahar harobasi (mil. av. 9—8-asrlar — mil. 6-asr). Qarshi sh.dan 10 km shim.da joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga olingan. Ye.da dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari (L. I. Zimin, I. Kastanye), keyinchalik arxeologlar A. I. Terenojkin (1946), S. K. Kabanov (1946—72 tanaffus bilan), Ya. Gʻulomov (1959—64), M. Ye. Masson (1963—64) tekshirishlar olib borgan. 1973-yildan Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Qashqadaryo ekspeditsiyam qazish ishlari olib boradi. Ye. harobasi kalʼa va shahristondan iborat boʻlib, umumiy mayd. 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Ichki devori (bal. 8 m gacha) beshburchak tarxli boʻlib, taxminan 40 ga maydonni oʻragan xandaq boʻlgan. Unda qalʼa, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joylar va b. joylashgan. Kulollar mahallasidan bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan, uning tagidan eng qad. mudofaa devori qoldiqdari topildi (mil. av. 8—7-asrlar). Ibodatxona sella (sajdagoh), bir necha kichik xona hamda ayvondan iborat boʻlgan. Shahar ikkinchi qator devorlari ichidan daxma, maqbara, temirchilar mahallasi kavlab oʻrganilgan. Qazish vaqtida sopol idish (xum, xumcha, hoʻqacha, kosalar, tova, qozon, togʻora, qadah va b.), diniy marosimlarda ishlatiladigan asboblar, maʼbudalarning sopol haykalchalari, Naxshab tangasi (3—6-asrlar), sugd yozuvi namunalari, muxr nusxasi topilgan.

Adabiyot tahrir

  • Isamiddinov M. X., Suleymanov R. X., Yerkurgan, T., 1984;
  • Suleymanov R. X., Drevniy Naxshab, T., 2000.[1]

Manbalar tahrir

  1. Rustam Sulaymonov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil