Yevgeniy Konstantinovich Zlobin (1898.21.1, Saratov sh.— 1959.7.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Sahna faoliyatini 1918-yil Saratov teatrida boshlagan. Tbilisi, Boku, Kozon, Samara teatrlarida ishlagan. 1938-yildan Gorkiy nomidagi Toshkent teatri aktyori. Zlobin komediya janridagi va dramatik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Eng yaxshi rollari: Firs ("Olchazor"), Mamayev ("Har toʻkisda bir ayb"), Karaulov ("Begona bola"), Zemlyanika ("Revizor"), Shmaga ("Aybsiz aybdorlar"), Ivan Ivanovich ("Katta muhabbat") va boshqa.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil