Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (inglizcha: European Economy Community; qisqartmasi YIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida „Umumiy bozor“ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-yildan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi.[1]

Aʼzolari tahrir

Bayroq Mamlakat Aʼzo boʻlgan sanasi Til(lar) Valyuta Aholi
(1990)[2]
  Belgiya 25 Mart 1957 niderlandcha, fransuzcha va olmoncha belgiya franki 10 016 000
  Fransiya 25 Mart 1957 French fransuz franki 56 718 000
  Gʻarbiy Germaniya/Germaniya 25 Mart 1957 olmoncha olmon markasi 63 254 000
  Italiya 25 Mart 1957 italyan italyan lirasi 56 762 700
  Lyuksemburg 25 Mart 1957 fransuzcha, olmoncha va lyuksemburgcha lyuksemburg franki 384 400
  Niderlandiya 25 Mart 1957 niderlandcha niderland gulderi 14 892 300
  Daniya 1 Yanvar 1973 dancha dan kronasi 5 146 500
  Irlandiya 1 Yanvar 1973 irlandcha va inglizcha irlandiya funti 3 521 000
  Birlashgan Qirollik 1 Yanvar 1973 inglizcha funt sterling 57 681 000
  Gretsiya 1 Yanvar 1981 grekcha grek draxmasi 10 120 000
  Portugaliya 1 Yanvar 1986 portugalcha potugal eskudosi 9 862 500
  Ispaniya 1 Yanvar 1986 ispancha ispan pesetasi 38 993 800

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Data from Populstat.info (Wayback Machine saytida 2018-09-17 sanasida arxivlangan)

Oʻqish uchun tahrir

Birlamchi manbalar tahrir

  • Bliss, Howard, ed. The political development of the European Community: a documentary collection (Blaisdell, 1969).
  • Monnet, Jean. Prospect for a New Europe (1959).
  • Schuman, Robert. French Policy towards Germany since the war (Oxford University Press, 1954).
  • Spaak, Paul-Henri. The Continuing Battle: Memories of a European (1971)

Havolalar tahrir