Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namanganda tugʻilgan) – Oʻzbekiston xalq artisti (1974).[1] Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab oldi.

Yoqub Ahmedov

Otabek Mahkamov va Yoqub Ahmedov 2012-yilda
Tavalludi 3-yanvar 1938-yil (1938-01-03) (86 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Mukofotlari

Ahmedov ijodi ijtimoiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini toʻgʻri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar toʻlqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.

Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), Toʻlagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „Toʻmaris“), Alisher Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.

Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yoʻllar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar") kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulugʻbek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (Oʻ. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov oʻziga xos talqin etdi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Oilasi tahrir

Yoqub Ahmedov aktrisa Klara Jalilova bilan turmush quradi va bir necha yildan soʻng ular ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor[2][3].

  • qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan – aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan.
  • qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) – maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi. 2002-yilda Rixsitulla A.ga turmushga chiqqan.
  • nabirasi: Tojirahmon Abdullayev, Aslzoda va Mohizoda.
  • kuyovi Rihsitulla Abdullayev 1978-yil 5-aprelda Toshkentda tavallud topgan – oʻzbek kino va teatr aktyori.
  • birinchi turmush oʻrtogʻi – aktrisa Jalilova Klara Alimadatovna. Ahmedov Furqat Yoqubovich oʻgʻli.

Filmografiya tahrir

Film tahrir

Yil Film nomi Rol
1958 „Maftuningman“
1977 „Shum bola (film)“
1989 „Tangalik bolalar“
1991 „Au! Ograblenie poezda“
1997 „Oʻtgan kunlar (film)“
2003 „Taqdir“
2004 „Qalblar toʻlqini“ Yoʻldoshev
2009 „Qasd“
2010 „Taxdid“
2014 „Koʻrgim keladi“
2014 „Xonadon egasi“ meditsina professori
2016 „Baron“ Izzatning otasi
2016 „Baron 2“ Izzatning otasi

Serial tahrir

Yil Film nomi Rol
1998-2003 „Shaytanat“ Xolid domla
1998 „Charxpalak“ Fatxulla
2000 „Sardor“ General
2006 „Maftuna“
2006 „Qaytar dunyo“ Zargar
2010 „Hayot jilgʻalari“
2011 „Fidoiylar“ Yoqub Azizov
2015,2017 „Mehmonxona“

Manbalar tahrir

  1. "Ahmedov Yoqub". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005. 
  2. Rahimova, Feruza „Klara JALILOVA: Taqdirimdan minnatdorman…“. Qaraldi: 28-mart.
  3.   Video(oʻzb.)