Yorgʻuchoq — donni yormalash va un qilish uchun toshni yoʻnib tayyorlangan qadimiy asbob. Yorgʻuchoq ilk neolit davri (mil. av. 4ming yillik)da paydo boʻlgan, mil. Yorgʻuchoq (Samarkand). 3—4-asrlargacha foydalanilgan. Yo. 2 yassi toshdan iborat, ostki toshi kengroq, biroq taypoq, ustkisi esa qabariq yuzli boʻlgan. Donni ustki toshdagi maxsus teshikdan pastki tosh ustiga solib, ustki tosh bilan ishqalab maydalangan. 3—4-asrlarda dumaloq toshli qoʻl tegirmoni paydo boʻlgach, Yo. deyarli ishlatilmagan. Togʻli joylar va dashtchoʻllarda yashovchi kishilar orasida 20-asr 20y.larigacha keng tarqalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil