Yoz toʻrt fasldan biridir. Yoz fasli bahor va kuz fasllarining orasida joylashgan boʻlib, eng issiq fasldir. Yoz fasli shimoliy yarimsharda eng uzun kundan boshlab, tengkunlikgacha davom etadi. Bu fasl Shimoliy yarimsharda 22-iyundan 22-sentabrgacha, Janubiy yarimsharda esa 22-yanvardan 21-martgacha davom etadi.

Yoz — yilning eng issiq fasli; moʻtadil mintaqada (mas, Oʻzbekistonda) iyun, iyul, avgust oylari yoz hisoblanadi. Xalq orasida yilning issiq yarmi yoz deyiladi. Yoz faslining astronomik davomiyligi 93,6 sutkadan iborat. Baʼzi tarixiy manbalarda, chunonchi, „Bobirnoma“da bahor fasli Yo. deyilgan. [1]

Yoz fasli inson organizmi uchun eng kerakli fasllardan biridir. Yoz fasli, inson sogʻligʻi uchun juda zarur boʻlgan, suyaklarning rivojlanishi uchun katta dastak beradigan D vitaminiga boydir. Chunki D vitamini eng yaxshi quyosh nurlari bilan insonga oʻtadi. Quyoshda toblanish bod kasali bilan ogʻrigan odamlar uchun ham juda foydali. Meva,sabzavot va boshqa oʻsimliklar ham yoz faslida pisha boshlaydi.

Yozning juda qattiq jazirama issiq kunlari inson sogʻligʻi uchun zararlidir, haddan ziyod oftobda toblanish ham inson terisiga zarar berishi mumkin.


Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Fasllar
Qish | Bahor | Yoz | Kuz