Yujno-saxalinsk

Rossiyadagi shahar

Yujno-saxalinsk (1905-yildan 1946-yilgacha — Toyexara) — Rossiya Federatsiyasi Saxalin viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Saxalin orolining jan. qismida joylashgan. Yujno-saxalinsk chorrahasi. Aholisi 175,1 ming kishi (2002). Teplovozvagon taʼmirlash, eksperimental taʼmirlashmexanika, avtomobil taʼmirlash, baliqni qayta ishlash zdlari, uysozlik, mebel ktlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Ped. instituti, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Saxalin kompleks ilmiy tadqiqot instituti, 2 teatr (shu jumladan, drama teatri), oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Manbalar tahrir