Yunona — rim mifologiyasida nikoh maʼbudasi, xotin-qizlar va onalik homiysi. Yupiterning xotini, Yu. sharafiga Rimda 1 mart kuni ayollar oilaviy matronaliya bayramini nishonlaganlar. Yu. yunon mifologiyasidagi Gera bilan tenglashtirilgan.