Yupiter — rim mifologiyasida oliy xudo; osmon, olam, yomgʻir, momaqaldiroq, chaqmoq xudosi sifatida eʼzozlangan. Keyinroq unga Rim davlatining homiysi sifatida ham sigʻiniyagan. Yu. yunon mifologiyasidagi Zevs bilan tenglashtirilgan, Zevs toʻgʻrisidagi rivoyatlar Yu.ga ham oʻtgan.