Nikulin Yuriy Vladimirovich (1921.18.12, Smolensk viloyati — 1997.21.8, Moskva) — rus sirk artisti, kinoaktyor. Sirk sanʼatida mashhur masxaraboz (kloun) sifatida tanilgan. 1982-yildan Svetnoy bulvardagi Moskva sirkining bosh rej.i va direktori. Kinoda 1958-yildan suratga tushgan: "Kavkaz asirasi", "Brilliant qoʻl", "I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari", "Daraxtlar katta boʻlganida", "Qaroqchi chollar", "Chuchelo" kabi filmlarda komik rollar bilan bir qatorda dramatik obrazlarni ham birday mahorat bilan ijro etgan. U kinoda yaratgan obrazlari orqali komik aktyor sifatida shuhrat qozongan.[1]

Nikulin Yuriy Vladimirovich
Никулин Юрий Владимирович
Tavalludi 18-dekabr 1921-yil
Vafoti 21-avgust 1997-yil(1997-08-21)
(75 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil