Yusuf Musamuhamedov (1888 – Toshkent – 1968) — Oʻzbekiston matbaasining asoschilaridan. Mehnat faoliyatini 20-asr boshida V.M.Ilinga qarashli xususiy tipografiyada boshlagan. 1920–22 yillarda Toshkentdagi 1-bosmaxonani tashkil etishda qatnashgan va shu bosmaxonada 1932-yilgacha ishlagan. Oʻzbekiston Matbuot boshqarmasi boshligʻi muovini (1931–34). 50-yillarda respublikada matbaa kadrlarini tayyorlash, bosmaxonalar tashkil etishda katta tashkilotchilik ishlari olib borgan. Matbaachilar uchun moʻljallangan "Bosma ishlari" (1939, 1950) kitobi nashr etilgan. Oʻgʻli Yusupov Yunus Yusupovich (1907–1995) -oʻzbek matbaasi asoschilaridan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). 1924–35 yillarda Tos-kentning Eski shahar namunali bosmaxonasida harf teruvchiga shogird, harf teruvchi va bosmaxona direktori. 1935–37 yillarda partiya ishlarida, 1944–45 yillarda Toshkentdagi I-bosmaxona direktori. 1946-yildan Oʻzbekiston Matbuot boshqarmasi, keyinchalik Uzpoligrafnashr boshligʻi. 1964—78 yillarda "Fan" nashriyoti direktori.

Adabiyot tahrir

  • Boboxonov A., Oʻzbek matbaasi tarixidan. T., 1979.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil